20:07 / 03.06.2015
2698

Saudiya Arabistoni masjiddagi teraktni amalga oshirgan terrorchilar haqidagi ma'lumot uchun 1,3 mln dollar mukofot puli e'lon qildi

Saudiya Arabistoni hukumati mamlakatning sharqida 29 may kuni masjidda terakt amalga oshirgan terrorchilarni izlash va qo‘lga olishda yordam berishi mumkin bo‘lgan ma'lumot uchun 1,3 mln dollar mukofot puli e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vaziri ma'lum qildi.

Vazirlikda keyingi teraktlarni bartaraf etishga yordam beradigan ma'lumot uchun yana 1,9 mln dollar mukofot puli berilishi aytilmoqda.

Top