17:51 / 03.06.2015
3846

Stiven Xoking evtanaziya yordamida hayotiga nuqta qo‘yishi mumkin

Yonlama amiotrofik skleroz kasaliga uchrab, harakatlana va gapira olmay qolgan, odamlar bilan nutq sintezatori yordamida muloqot qiladigan mashhur britaniyalik olim Stiven Xoking hayotdan ketish uchun evtanaziyaga murojaat qilishi mumkinligini aytib o‘tdi.
“Agar kuchli og‘riq sezsam, fanga boshqa yangilik kirita olmasam, yoki atrofdagilarga ortiqcha yuk bo‘la boshlasam, evtanaziya yo‘lini qo‘llashim mumkin”, – dedi u mahalliy OAV vakillari bilan muloqot chog‘ida.
73 yoshli olimning fikricha, har bir inson o‘z hayotini istaganday va istagan paytida yakunlash huquqiga ega.

Top