09:10 / 03.06.2015
5962

Tojikistonda "IShID" safiga o‘tib ketgan OMON qo‘mondoni o‘rniga yangi boshliq tayinlandi

Tojikiston hukumati OMONga yangi rahbar tayinladi. Biroz oldinroq, bu guruhning avvalgi qo‘mondoni Gulmurod Xalimov "IShID" jangarilari safiga o‘tib ketgani ma'lum bo‘lgandi.

"Xurshed Muxammadzoda mamlakat rahbariyati tomonidan OMONning yangi qo‘mondoni etib tayinlandi", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Tojikiston hukumati Iroq va Suriya hududidagi jangarilar safiga borib qo‘shilgan 417 nafar tojikistonlikka nisbatan jinoiy ish ochgan. Jangarilar esa o‘z saflarida 2 mingdan ortiq tojikistonlik borligini aytishmoqda.

Top