07:00 / 03.06.2015
3612

Yanukovich o‘g‘li bilan Yevropa Ittifoqining sanksiyalari bo‘yicha shikoyat qildi

Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich o‘zining o‘g‘li Aleksandr bilan Lyuksemburgdagi Yevropa sudiga o‘z nomlarining Yevropa Ittifoqi “qora ro‘yxatida” mavjudligi ustidan shikoyat qilib da'vo arizasi yo‘lladi, deb xabar bermoqda Interfaks axborot agentligi.

Yanukovich va uning o‘g‘li YeIga kirish taqiqlangan va aktivlari muzlatilgan shaxslar ro‘yxatiga o‘zlarining nomlarining kiritilishini boshqatdan ko‘rib chiqishni talab qilmoqda.

Viktor va Aleksandr Yanukovich Ukraina byudjyetidagi mablag‘lardan noto‘g‘ri foydalanganliklari vaj qilinib, YeIning sanktsion ro‘yxatiga kiritilgan edi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Yanukovichning marhum o‘g‘lini sanktsion ro‘yxatdan chiqarib tashlagani ma'lum qilingandi.

Top