Beeline abonentlardan kelib tushgan savollarning TOP-5 ro‘yxatini tuzdi
Aloqa operatori Beeline abonentlardan eng ko‘p kelib tushgan savollarning qisqa ro‘yxatini tuzdi.
Ro‘yxatning birinchi pog‘onasida “Videoqo‘ng‘iroq qanday tarifikatsiya qilinadi?” savoli joylashgan.
Abonent jismoniy shaxslar uchun joriy qilingan tarif rejasida bo‘lsa, unga mos ravishda oddiy qo‘ng‘iroq uchun balansdan yechib olinadigan mablag‘ chiqish videoqo‘ng‘irog‘i uchun ham bir xil yechib olinadi. Kirish videoqo‘ng‘iroqlar - bepul. Korporativ mijozlar uchun esa videoqo‘ng‘iroqning bir daqiqasi - 0,02$ QQS dan tashqari. Boshqa tarmoqlardan kirish videoqo‘ng‘iroqning bir daqiqasi korporativ mijozlar uchun $0,02 tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni quyidagi savol egalladi: “Roumingda bo‘la turib xizmatlarni yoqish va o‘chirish mumkinmi?”
Roumingda avvaldan to‘lov tizimi abonentlari SMS yoki USSD-so‘rovlar yordamida xizmatlarni boshqarishlari mumkin.
Ro‘yxatning uchinchi o‘rinida esa quyidagi savol: “SIM-karta yo‘qotilsa, yoki blokirovka holatiga tushib qolsa, raqamni saqlab qolish mumkinmi?”
Beeline savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida telefon raqami va tarif rejasini saqlab qolgan holda, yangi SIM-karta olish mumkin. Abonent ofisga pasporti bilan tashrif buyurishi lozim.
To‘rtinchi savol: “Sirli raqamdan qo‘ng‘iroq qilingan bo‘lsa, qanday qilib o‘sha telefon raqamini bilish mumkin?”
Buning uchun “Shaxsiy kabinet” xizmatidan foydalanish mumkin, yoki Beeline ofislaridan biriga detalizatsiya olish uchun pasport bilan tashrif buyurish lozim.
“AntiAON” xizmati yoqitirilgan boshqa uyali aloqa kompaniyalari raqamidan amalga oshirilgan qo‘ng‘iroqlarni aniqlab berishni kompaniya kafolatlamaydi.
Beshinchi o‘rinda esa quyidagi savol: “Qo‘ng‘iroq chog‘ida gudok o‘rnida jaranglagan musiqaga buyurtma bera olamanmi?”
Bunday musiqa Beeline abonentida gudok o‘rnida o‘rnatilgan bo‘lsa, uni * tugmasini bosib oson ko‘chirib olish mumkin.
So‘ngra telefonga 0645 raqamidan ushbu musiqani gudok o‘rniga o‘rnatishni istaysizmi degan savol SMS tarzida keladi. “Ha” yoki “Yo‘q” so‘zi bilan SMS javob yuborishning o‘zi kifoya bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron 400 kilodan ortiq boyitilgan uranni AQSh zarbalaridan yashirishga ulgurgan - Yevropa razvedkasi
Jahon | 23:36 / 26.06.2025
-
XVJ daromad solig‘ini tabaqalashtirishga chaqirdi. Iqtisodchi bunga qarshi to‘rtta sabab keltirdi
Iqtisodiyot | 23:08 / 26.06.2025
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51 / 26.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32 / 26.06.2025