Firibgarlar birovning nomiga kredit rasmiylaştirişi holatlari uçrab turadi. Buning oldini oliş uçun şu paytgaça fuqarolar kredit tarixi olinişini muzlatiş imkoniyatiga ega edi. Endilikda kredit bitimi rasmiylaştirişga taqiq kiritiş ham mumkin böldi. Xöş, bu ikki xizmat nimasi bilan farqlanadi, ulardan qanday foydalaniş mumkin? KATM mutaxassisi Maşhurbek Rahimov Kun.uz'ga batafsil tuşuntirib berdi.

Ötgan yili kredit tarixi olinişiga çeklov örnatiş, ya’ni Freeze xizmati işga tuşirilgan edi. Yaqinda, 6 iyun kuni kredit bitimini rasmiylaştirişga taqiq qöyiş imkoniyati ham paydo böldi.

Xöş, bu ikki xizmat nimasi bilan farqlanadi, xizmat haqi qança va ulardan qanday foydalaniş mumkin? Kredit axborot tahliliy markazi (KATM) departamenti direktori örinbosari Maşhurbek Rahimov Kun.uz'ga bergan izohida batafsil tuşuntirib berdi.

Maşhurbek Rahimov

Uning sözlariga köra, biror bank yoki nobank kredit taşkilotlari kredit berişdan oldin kredit qaytmaslik riskini töğri baholaşi maqsadida mijozning ilgari olgan kreditlari tarixini körişi kerak. Freeze xizmati faollaştirilsa, şu tarixni kredit taşkilotlari KATMdan ololmaydi va tabiiyki, kredit ham ajratilmaydi.

“Freeze xizmatini faollaştirib, kredit tarixingiz olinişini çeklab qöygan bölsangiz, kiberhujumga uçragan taqdiringizda yoki firibgarlar nomingizga kredit rasmiylaştirişga uringanida siz bundan himoyalangan bölasiz. Bu xizmat – pulli. BHMning 0,03 barobari, ya’ni 13 340 söm tölovni amalga oşirganingizdan keyin, my.gov portali orqali Freeze xizmatini yoqişingiz mumkin.

Freeze orqali siz ma’lumotlaringiz maxfiyligini ta’minlaşingiz mumkin. Biroq qonunçilikka köra, sizda kredit taşkiloti bilan kredit munosabati bölsa, ya’ni ayni paytda nomingizda yopilmagan kredit bölsa, bank kredit tarixingizni örganib borişi mumkin. Ya’ni amaldagi kredit şartnomalariga ega taşkilotlar Freeze xizmati yoqilgan holatda ham kredit tarixingizni ola oladi. Bu kreditorga sizning tölov qobiliyatingizni monitoring qilib boriş imkoniyatini beradi