Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
|17:11 / 25.06.202539 07312 min
OTMga kiriş imtihoni qaçon boşlanadi? Minimal ötiş balli oşiriladimi? Natijalarni hisoblaşda maktab baholari inobatga olinadimi? Kun.uz şu kabi savollar bilan Oliy ta’lim vazirligi hamda BMBA (sobiq DTM) rasmiylariga yuzlandi. Suhbat davomida ayni kunlarda aksariyat abituriyentlarni qiziqtirayotgan eng muhim masalalarda javob berildi.
5 iyundan Özbekiston oliygohlariga kiriş imtihonlarida iştirok etiş uçun abituriyentlarni röyxatga oliş boşlandi. Ayni kunlarda qabul davom etyapti. 25 iyunda yakunlanadi.
Kun.uz şu kunlarda qabul jarayoni qanday ketayotgani, imtihon qay tartibda ötkazilişi kabi masalalarda rasmiylar bilan jonli efir formatida intervyu ötkazdi.
Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ta’lim sifatini nazorat qiliş boşqarmasi boşliği Abdusamat Mamanazarov, Bilim va malakalarni baholaş agentligining test sinovlarini taşkil etiş va nazorat qiliş bölimi boşliği Jamşid Odilov hamda test texnologiyalarini rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Zafar Olimbekov iştirok etdi. Quyida suhbatdan qisqa şarh keltiriladi.
Qabulda “avval test, söng tanlov” tamoyili
2024 yildan prezidentning 81-sonli farmoni bilan qabul “avval test, söng tanlov” tamoyili asosida ötkazilmoqda. Jamşid Odilovga köra, buning natijasida röyxatga oliş muddatlari ham özgargan.
“Ayrim abituriyentlarimizda savollar bölyaptiki, “20 iyundan 20 iyulgaça bir oy bölardi, hozir muddatini qisqartirib qöygansizlar” degan murojaatlar ham böladi. Aslida unday emas, hozir röyxatga oliş ikki qismga bölingan. Biz birinçi bosqiç, ikkinçi bosqiç deb aytamiz.
5 iyundan 25 iyungaça bölgan jarayon bu – birinçi bosqiç. Bu – test sinovi uçun eng minimal ma’lumotlarni kiritiş kerak bölgan bosqiç. Bunda abituriyentlarimiz test sinovi topşiradigan fanlar majmuasini, test sinovini qaysi tillarda topşirişini va qaysi hududda test sinovida iştirok etişini tanlaşadi. Agar ular alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yönalişlariga topşiradigan bölsa, ularga kasbiy-ijodiy imtihon ötkaziladigan yönaliş bilan birga kasbiy-ijodiy imtihonni topşiriş qulay bölgan oliy ta’lim muassasasini ham tanlaş imkoniyati berildi.
Mavzuga oid
Endi ikkinçi bosqiç bor, unda ta’lim yönalişlarini tanlaş uçun 15 kun muddat beriladi. Ikkalasini qöşganimizda, özi oldingi, eski tartibga köra, abituriyentlarga köproq muddat berilyapti”, – deydi Odilov.
24 iyun soat 10:30 holatiga köra, 615 mingdan ziyod abituriyentlar onlayn röyxatdan ötib bölişgan. Odilov bu körsatkiç ötgan yilgiga qaraganda kamroq ekanini bildirdi.
“Adaşmasam, [ötgan yili] şu vaqtda 670 ming atrofida abituriyent röyxatdan ötgandi. Ya’ni ötgan yilgidan biroz kamroq, lekin juda ham katta farq mavjud emas. Demak, hali röyxatga oliş yakunlanmagan, yana ikki kun bor, bugun va ertaga. Ertaga 23:59 ga qadar abituriyentlarimiz onlayn röyxatdan ötişi mumkin. Belgilangan tartibda agar tölovni amalga oşiradigan bölsa, tölovni amalga oşirişlari mumkin”, – dedi rasmiy.
IELTS topşirib, sertifikatini ololmayotganlar masalasi nima böladi?
Tarmoqlarda ingliz tilini biliş darajasi böyiça xalqaro sertifikat – IELTS testlarining savollari sizdirilganiga oid xabarlar tarqaldi. Buning fonida 20 iyun kuni imtihon oluvçi taşkilotlar: Britaniya kengaşi (British Council) hamda IDP (Edu-Action Centre) 7 iyun sanasida topşirgan barça nomzodlarning natijalari Cambridge English tomonidan qoidalarga asosan qayta tekşirişga olib qolinişi haqida e’lon berdi.
Qabul jarayonlari ketayotgan vaqtda bu holat köplab abituriyentlarning xavotiriga sabab bölmoqda. BMBA vakili Odilov bu masalaga ham töxtalib ötdi.
“Bu jarayon qaçongaça davom etişini bilmaymiz, ya’ni bir rasmiy holat ham mavjud emas. [Cambridge Englişʼning tekşiruv natijalari] 25 iyunda çiqadimi yoki 27 iyunda yoki iyul oyiga ötib çiqadimi, hali heç qanaqa rasmiy ma’lumot yöq.
Faqatgina “bu xavfsizlik jihatidan maxsus tekşiruvga olingan” degan ma’lumot bor xolos. Öz-özidan muddat uzaytirib beriş masalasi, qandaydir rasmiy sana bölganda ham balki körib çiqiş mumkindir. Lekin amaldagi holatdan va qonunçilik hujjatlaridan kelib çiqsak, röyxatga olişni 5 iyundan 25 iyungaça amalga oşiriş belgilangan va hozirça röyxatga oliş muddatlarini uzaytiriş rejalaştirilmagan”, – dedi Odilov.
U sertifikati yöqlar imtihon topşirişi zarurligini ham ta’kidladi.
“Öz-özidan bu yerda ikkita holat bor. Birinçisi, sertifikatni [qabul tugaganidan keyin] yuklagani bilan fanlarni özgartira olmaydi. Ularning asosiy xohişi çet tilini birinçi fan sifatida tanlaş. U özi yuklay oladimi, degan savolga, yuklay olmaydi. Çunki röyxatga oliş yakunlanişi bilan biz öşa abituriyentlar bazasini olib, tahlil qilişni boşlaymiz, test sinovlariga tayyorgarlik ketadi”, – dedi rasmiy.
Mazkur suhbat e’lon qilinganidan söng, kunning 2-yarmida Britaniya kengaşi muammo hal qilingani yuzasidan ma’lumot berib çiqdi. Unga köra, 7 iyun kuni imtihon topşirganlarning natijasi e’lon qilingan.
Örta maxsus ta’lim bitiruvçilariga diplom va attestatlari berilişi keçikyaptimi?
Kun.uzʼga kelgan murojaatlarga köra, maktab va professional ta’lim muassasalari bitiruvçilari öqişni tugatganlikka oid hujjatini olişi keçiktirilmoqda. Köplab abituriyentlar bu sabab röyxatdan ötmay qolişdan xavotirda.
Oliy ta’lim vazirligi vakili Abdusamat Mamanazarov bundan heç ham qörqmaslik kerakligini, ayni qabul jarayonlarida diplom va attestat zarurmasligini bildirdi.
“Umuman, bizdagi ma’lumotlarga köra, öşa ta’lim muassasasini tugatganlik töğrisidagi hujjatlar berilyapti. Lekin öylaymanki, bunda heç qanaqa röyxatdan ötişda muammo yöq. Bunday holat biror marta hali kuzatilmagan.
Sababi örta maxsus ta’lim muassasasini tugatganlik töğrisidagi hujjatning asli qaçonki abituriyent röyxatdan ötib, test sinovlarida iştirok etib, röyxatdan ötişning ikkinçi bosqiçida ham iştirok etib va talabalikka tavsiya etilgandan sönggina talab etiladi. Şuning uçun bu muammoga unday çuqur e’tibor qaratiş şart emas. Undan köra, abituriyentlarimiz test sinovlariga tayyorgarlikka e’tibor qaratsa, maqsadga muvofiq bölardi. Bu ularda muammo keltirib çiqarmasa kerak deb öylayman”, – dedi Mamanazarov
BMBA mutasaddisi esa bunday holatlar kuzatilayotgan bölişi mumkinligini, öta individual vaziyat bölgani sabab abituriyentlar özi öqigan ta’lim muassasasi rahbariyatiga murojaat qilgani töğri ekanini aytdi.
10-sinflar ham imtihonda qatnaşa oladimi?
Jamşid Odilov bu savolga “yöq” deb javob berdi. Qayd etilişiça, “Ta’lim töğrisida”gi qonunga muvofiq qölida attestati yöqlar sinov tariqasida imtihonda qatnaşa olmaydi.
“Ular tegişli axborot tizimlarida ham bitiruvçi sifatida kelmaydi. Röyxatdan ötayotganda, agar abituriyent joriy yil bitiruvçisi böladigan bölsa, ma’lumotlar avtomatik keladi. Joriy yil bitiruvçisi bölmasa, ma’lumotlarni özi töldirişi kerak.
Özi töldirayotganda tugatilgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarida: qaysi hududda joylaşgan, ta’lim muassasasi nomi, u yerdan berilgan attestat yoki diplomni kiritişi kerak. Abituriyent u yerga nima deb kiritadi? Töğri, ayrim abituriyentlar şunga harakat qilyapti: “Men 2024 yilda yoki 2023 yilda tugatganman, qölimda şunaqa attestat bor”, deb kirityapti. Lekin mantiqan öylab qarasak, bu qançalik töğri? Uning qölida ma’lumot yöq. Bu, qöpol qilib aytganda, hujjatlarni soxtalaştiriş desak ham böladi-da”, – dedi Odilov.
Uning qöşimça qilişiça, bilimini sinab körişni istovçilar yil davomida agentlik tomonidan diagnostik test sinovlarida iştirok etişi mumkin.
Sirtqi ta’lim yopildi, uning muqobillari va unga qabul haqida
Yangi öquv yilidan boşlab OTMda sirtqi ta’limga qabul töxtatiladi. Bu prezidentning tegişli farmonida nazarda tutildi. Uning örnida keçki, masofaviy hamda part-time şakllar joriy etiladigan böldi.
Ayni vaqt amalda keçki va masofaviy ta’lim şakllari mavjud. Masofaviy ta’lim şaklida 21 ta OTM işlab kelmoqda. Bu yil unga qabul juda keng miqyosda amalga oşirilişi kutilyapti.Oliy ta’lim vazirligi vakiliga köra, bu yildan asosiy ustuvorlik masofaviy ta’limga beriladi.
Uning aytişiça, hozirda part-time ta’lim şakli qanday körinişda bölişi yuzasidan tegişli hujjatlar işlab çiqilib, vakolatli organlarga tasdiqlatiş uçun taqdim qilingan. Şundan kelib çiqilsa, bu öquv yilidan part-time ta’lim şakllari joriy etilmasligi mumkin.
Magistratura va ikkinçi mutaxassislik
Suhbatdoşlarga köra, bakalavriat uçun qabul tugagaç, 1 iyuldan 30 iyulgaça magistratura uçun röyxatdan ötiladi. Bu Oliy ta’lim vazirligining rasmiy sayti orqali amalga oşiriladi. Jarayonda faqatgina xorijiy tilni biliş töğrisidagi sertifikatni yuklaş talab etiladi.
Ikkinçi mutaxassislikda ham xuddi şunday röyxatdan ötiladi. Bunda imtihon şakli böyiça mustaqillik barça OTMga berilgan. Ya’ni ular topşirayotgan abituriyentlar soni hamda ta’lim yönalişining xususiyatidan kelib çiqqan holda imtihonning şaklini belgilaydi. Bu suhbat, test, yozma şaklda bölişi mumkin.
Imtihon qaçon boşlanadi? Bu borada taxminiy sana bormi?
Ötgan yili kiriş imtihonlari 14 iyuldan 25 iyulgaça ötkazilgandi. Bu yil bu sanalar özgarişsiz qoladimi? Jamşid Odilov katta ehtimol şunday bölişi mumkinligini aytdi.
“Biz amaliyotdan kelib çiqamiz, juda ham keskin farq bölmaydi, 15 kunlar farq qilib ketmaydi. Bu yo avgust oyi boşlanişi, avgustga yoki iyulning boşiga köçib qolmaydi. Çunki tayyorgarlik bilan boğliq masala ham bor. Bizda baribir tayyorgarlik uçun kamida 20 kunlar kerak. Taxminan öşa 14-15 iyullarda boşlanişi mumkin deb ayta olamiz”, – deydi rasmiy.
Odilov imtihondan bir hafta oldin ruxsatnomalar e’lon qilinişini, şaxsiy kabinet orqali undagi ma’lumotlarni oliş mumkinligini aytdi. U bu vaqtda abituriyentlar sergakroq bölişi kerakligini bildirdi.
Imtihon qayerda ötkaziladi, buning uçun qança bino ajratildi?
Imtihonlar har yili katta siğimli binolarda ötkazib kelinadi. Ötgan yili 73 ta binoda ötkazilgan. Ma’lumotlarga köra, joriy yilda dastlabki röyxat şakllantirilganida 90 ta bino qayd etilgan.
“Bu, albatta, zaxirasi bilan birga. Öşa röyxatga oliş yakunlangandan söng, abituriyentlar sonidan kelib çiqqan holda yakuniy binolar röyxati tasdiqlanadi. Albatta hozir şakllantirilgani öşa fors-major holatlarni ham hisobga olib, eng maksimum holatda bölişi mumkin bölgan holat deb şakllantirilgan”, – dedi Jamşid Odilov.
Abituriyentlar bino manzilini ruxsatnomasi orqali bilib olişadi. Unda imtihonga kiriş sanasi va smenasi ham yoziladi. Intervyuning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.