Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:58 / 04.06.2015
4783
1 daqiqa o‘qiladi
BMT fransiyalik harbiylar tomonidan afrikalik bolalarning zo‘rlanishi yuzasidan surishtiruv olib boradi
BMT Markaziy Afrika Respublikasida fransiyalik harbiylar tomonidan bolalarning zo‘rlanishi hollari yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi. Bu haqda BMT bayonotiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Surishtiruv ishlarida qatnashadigan ekpertlar guruhi ro‘yxati keyinroq e'lon qilinishi aytilmoqda.
Ilgariroq Fransiya prezidenti Fransua Olland bu ishlarda gumon qilinayotgan harbiylarga shafqat qilinmasligini aytib o‘tdi.