Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya hukumati mamlakat prezidenti vakolatini cheklash rejasini ma'qulladi
Chexiya hukumati mamlakat prezidenti vakolatini cheklash rejasini ma'qulladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Chexiyaning amaldagi prezidenti Milosh Zeman bu qarorni “bema'nilik” deb atadi.
Qayd etilishicha, hukumat prezidentning mamlakatning tashqi siyosatiga ta'sir ko‘rsatishini cheklash maqsadida konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish hamda Markaziy bank rahbarini tayinlash huquqidan mahrum qilishni taklif qildi.
Bu tuzatishlar kuchga kirishi uchun parlamentning quyi va yuqori palatalarining kamida 60 foiz parlamentariylari ularni ma'qullashlari kerak.