Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chelyabinskda tiriklay ko‘mib ketilgan bolakayni boqib oladigan oila topildi
Rossiyaning Chelyabinsk shahri yaqinidagi o‘rmonlardan birida tiriklay ko‘mib ketilgan va tasodif tufayli tirik qolgan qizaloqqa Kristina ismi berildi. YeAN agentligining ma'lum qilishicha, yaqinda yosh oila uni boqib oladi.
Politsiyachilar Kristinani dunyoga keltirgan ayolni qidirmoqda. Tug‘ruqxonalarda bu borada hech qanday ma'lumot topilmaganiga qaraganda, bola uy sharoitida dunyoga keltirilgan.
Ma'lumot uchun, 30 may kuni “Dubrava” fabrikasi ishchisi hududda aylanib yurgan chog‘da o‘rmon ichidan go‘dakning yig‘i ovozini eshitib qolgan. U ovoz ortidan borib, chuqurlikda go‘dak yotganini, u tuproq va barglar ko‘mib qo‘yilganini ko‘rgan. Bolaning ahvoli juda yomon bo‘lgan. U tezda shifoxonaga olib kelingan. Hozirgi paytda uning hayotiga hech qanday tahlika yo‘q.