Texnologiya | 17:13 / 04.06.2015
4059
6 daqiqa o‘qiladi

EKOPEN® PRIME - hayotingiz yanada go‘zal!

Butun dunyoda uy-joylarning issiq-sovuqdan himoyalanishi va shovqindan xavfsizligiga katta e'tibor qaratilmoqda. Axir aksariyat hollarda shahar kvartirasi yoki uyi romlari serqatnov ko‘cha yoki sershovqin hovliga qaraydi-da. Uyimizda esa tinchlik va osoyishtalik bo‘lishini juda istaymiz, ayniqsa kechasi.
O‘zbekistoning keskin kontinental iqlimi sharoitida uylarimiz qishda issiq va yozda yoqimli salqin bo‘lishini ta'minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Sifatli romlarni o‘rnatar ekansiz, xonadoningizda o‘z mikroiqlimingizni yaratgan bo‘lasiz.
«Ekopen» MChJ QK O‘zbekiston bozorida 2007 yildan buyon ishlab kelmoqda. 8 yillik tinimsiz izlanish va Yevropaning yorug‘lik o‘tkazuvchi konstruksiyalar sohasidagi tajribasini o‘rganish natijasida kompaniya mahsulot sifati, shuningdek, PVX profillardan yasalgan rom va eshik mahsulotlari turlarini kengaytirish borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi. EKOPEN profillari tarkibi quyosh faolligi yuqori va harorat o‘zgarishlari keskin kontinental bo‘lgan mintaqalar uchun maxsus ishlab chiqilgan.

EKOPEN plastik romlaridan foydalanishning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

  • • Energiyani saqlash – havo bilan to‘ldirilgan ko‘p kamerali konstruksiya energiya saqlanishini ta'minlaydi, zichlagichlarning texnologik tizimi esa shamol o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi.
  • Zich yopilish va ovozdan saqlash – profilning alohida konstruksiyasi hisobiga shovqin, chang va namlik kirishidan saqlanish ta'minlanadi.
  • • Estetiklik – rom profillarining keng assortimenti turlicha ko‘rinishga ega romlarning har qanday dekorativ qismlarini yaratish imkonini beradi. Ranglar va yuzalar xilma-xilligi interer dizaynida har qanday g‘oyani amalga oshirishga yordam beradi.
  • • Uzoq vaqtga mo‘ljallanganlik. PVXning xususiyatlari undan uzoq vaqt davomida qulay tarzda foydalanishni ta'minlabgina qolmay, uning dastlabki rangi va mexanik xususiyatlari ham aslicha saqlanib turadi.
  • • Foydalanishda qulaylik. To‘g‘ri o‘rnatilgan romlarni ta'mirlash va bo‘yashga hojat qolmaydi. Romlarning turli usulda ochilishi uyni shamollatish, o‘ta silliq yuzasi esa ularni parvarishlashni osonlashtiradi.   

Hozirga qadar kompaniyaning mahsulot portfeli iste'molchilarning turli-tuman ehtiyojlari va so‘rovlarini qondirib kelgan to‘rt asosiy profil seriyasidan iborat edi. Bular EKOPEN® OPTIMA hamyonbop seriyasi hamda o‘rta narxlar kategoriyasiga kiruvchi EKOPEN® LIFE va EKOPEN® FORWARD tizimlaridir. Talablari va imkoniyatlari yuqori bo‘lgan buyurtmachilar uchun esa biz EKOPEN® ELITE profil tizimini taklif etardik.
Biroq iste'mol ehtiyoji doimiy ravishda o‘rganib borilishi asosida biz shunga amin bo‘ldikki, mamlakatimizning ilgarilab boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va fuqarolarning farovonligi oshishi asnosida bozorga yanada mukammal, inqilobiy rom tizimini chiqarish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Natijada kompaniya rahbariyati eng yuqori xalqaro sifat standartlariga javob beruvchi hamda O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoitlariga maksimal darajada mos keluvchi rom tizimlari profillarining yangi tizimini yaratish va ularni ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish haqida qaror qabul qildi.
Bugun kompaniyamiz shuni mamnuniyat bilan bildiradiki, biz mutlaqo yangi mahsulot –EKOPEN® PRIME profil tizimini sotuvga chiqarmoqdamiz va u kompaniyamiz faxriga aylanishiga shak-shubha yo‘q. Bu salmoqli va keng romlarning mutlaqo yangi ishlanmasi bo‘lib, eng nozikta'b mijozlar talabi va xohish-istaklarini ham qondira oladi.
EKOPEN® PRIME rom va eshik profillarining eng so‘nggi seriyasi Avstriyada ishlangan va O‘zbekistonning keskin kontinental iqlimiga maxsus moslashtirilgan noyob texnologiya asosida ishlab chiqariladi.
Kesimi kengligi 70 mm bo‘lgan barqaror 5 kamerali tizim arxitekturasi yuqori darajadagi izolyatsiya xususiyatlariga ega. Bu nafaqat ovoz izolyatsiyasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar, balki issiqlikni saqlash bo‘yicha ham yaxshi natijalarga erishish imkonini beradi. Bularning barchasi xonadoningizda sokinlik, osoyishtalik va qulay muhit ta'minlanishiga imkon beradi.
Ekopen-Prime® profillari universal bo‘lib, ulardan har qanday ko‘rinishdagi rom va eshiklarni yasash mumkin. Ular tekis va silliq yuzaga ega bo‘lib, alohida parvarishni talab etmaydi, atrof-muhit ta'siriga chidamli. Maxsus armaturalovchi kuchaytirgichlardan foydalanish qurilmalarning yuqori darajada barqaror bo‘lishini ta'minlaydi.
Profillar Germaniyada ishlab chiqarilgan, xilma-xil rangdagi tasmalar bilan qoplanadi. Bu mijozning talab-istaklarini maksimal darajada qondiruvchi va muayyan xonadonning dekorativ xususiyatlariga mos keluvchi rom rangini tanlash imkonini beradi.
Agar Siz maksimal qulaylik va yaxshi kayfiyat tarafdori bo‘lsangiz, u holda EKOPEN®-PRIME romlarini tanlang.
EKOPEN® PRIME- hayotingiz yanada go‘zal!

Mahsulot haqida batafsil ma'lumot bilan kompaniya rasmiy saytida va Facebook’dagi sahifasida tanishishingiz mumkin.

http://ekopen.uz/uz/products/ekopen-prime
https://www.facebook.com/ekopen.uz

Reklama xuquqi asosida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish