Jahon | 13:14 / 04.06.2015
1569
1 daqiqa o‘qiladi

Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Toshkentda Eron-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Iran.ru nashrining xabar berishicha, Eron sanoat, konchilik va savdo vaziri Muhammad Rizo Ne'matzoda komissiyaning 11-yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga yo‘l olgan.
Yuqorida aytilgan tadbirda ishtirok etishdan tashqari, vazir O‘zbekiston prezidenti, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va transport vazirlari, savdo-sanoat palatasi prezidenti va Markaziy bank rahbari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shuningdek, u O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi eronliklar bilan uchrashishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish