09:49 / 04.06.2015
1818

"Galatasaroy" Turkiya Kubogini yutish orqali "Oltin dubl" qayd etdi

3 iyun oqshomida Turkiyaning "Galatasaroy" jamoasi safarda "Bursaspor" maydonida kechgan Turkiya Kubogi uchun final uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi hamda navbatdagi sovrinni qo‘lga kiritdi.

Mehmonlar hujumchisi Burak Yilmazning xet-triki finaldagi g‘alabani ta'minlagan.

Shu tariqa, "Galatasaray" mavsumda ham mamlakat chempionligi, ham mamlakat kubogini yutish orqali "Oltin dubl" qayd etdi.

Qayd etish joizki, jamoa o‘z tarixida 6 marta shunday ko‘rsatkichga erishgan. Bu boradagi ikkinchi yaxshi natija "Fenerbaxche"ga tegishli. Bu jamoa 3 marta "Oltin dubl" qayd etgan..

Top