17:30 / 04.06.2015
4766

Gana poytaxtidagi AYoQShda yuz bergan portlash natijasida 100 nafardan ortiq kishi halok bo‘ldi

4 iyun kuni Gana poytaxti Akkra shahridagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shohobchasida portlash yuz berib, 100 nafardan ortiq kishining umriga zomin bo‘ldi. Bu haqda My Joy Online nashri xabar bermoqda.

Ayni vaqtda hodisa joyida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

OAVlarda yozilishicha, qurbonlar soni ortishi mumkin.

Top