O‘zbekiston | 17:47 / 04.06.2015
3974
2 daqiqa o‘qiladi

«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 3 iyun kuni «Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasining 2008 yil 22 iyulda qabul qilingan «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘RQ–163-sonli Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonuni kuchga kirdi. Qonun matni «Xalq so‘zi» gazetasida e'lon qilingan.

Mazkur Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 24 oktabrda qabul qilingan bo‘lib, Senat tomonidan 2015 yil 15 mayda ma'qullangandi.

9 bob va 64 moddadan iborat qonun qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, jumladan yangi moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq huquqiy jarayonlarni soddalashtirish va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Yangi tahrirdagi qonun qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat ga qo‘yiladigan talablarni rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqadi va belgilaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish