Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:13 / 04.06.2015
2579
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvada to‘rt nafar o‘zbekistonlik amfetamin sotish ustida qo‘lga olindi
Moskva viloyati tergovchilari hududda amfetamin sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh xatti-harakatlari yuzasidan tergov ishlarini yakuniga yetkazdi.
TASS agentligining xabar berishicha, jinoiy guruhning to‘rt nafar a'zosi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Ular maxsus binoda amfetamin ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib, hududdagi turli guruhlarga mahsulot yetkazib berishgan.
Guruh a'zolarining yashash va ish joyida olib borilgan tintuv jarayonida 9 kg yoki 54 ming doza amfetamin topilgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish