13:42 / 04.06.2015
2442

Nazarboyev qishloq xo‘jaligi vazirligini tanqid qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tanqid ostiga oldi. Bu haqda Zakon.kz resursi xabar bermoqda.
“Qishloq xo‘jaligining taraqqiyoti mamlakatimiz daromadining asosiy qismini olib keladi. Biz kiritayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri subsidiyalar va ularning natijasi bir-biriga mos bo‘lmayapti. 150 mlrd tanga subsidiyalar berilgan, ammo agrar kompleksdan kelayotgan soliq tushumlari 27 foizni tashkil qilmoqda. Bunday biznes hech kimga kerak emas. Hali qiladigan ishimiz ko‘p, jahon tajribasini o‘rganishimiz kerak, zaxiralarimiz bor”, – dedi u xorijiy investorlar bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida.

Top