23:48 / 04.06.2015
2267

Nijniy Novgorodda erkak telefonda gaplashayotgan paytda chaqmoq urishidan halok bo‘ldi

Rossiyaning Nijniy Novgorod viloyatining Kanavin tumanida erkak telefonda gaplashayotgan paytda chaqmoq urishidan halok bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” axborot agentligi Rossiya Favqulodda vaziyatlar xizmati viloyat bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

“Guvohlarning aytishicha, erkakka kimdir telefon qilgan. Erkak telefonga javob berayotgan paytda unga chaqmoq kelib urgan”, deyilmoqda xabarda.

Ayni paytda voqea joyida huquq-tartibot organlari xodimlari ish olib bormoqda.

Top