17:16 / 04.06.2015
3588

O‘zbekiston TIV o‘rinbosari: tahdidlarning o‘sib borayotgani ko‘rinib turibdi

Jahondagi barqarorlikka tahdid solayotgan omillar bugun yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV o‘rinbosari Anvar Nosirov 4 iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan “ShHT hududida xavfsizlik va barqarorlik” mavzuidagi konferensiya doirasida.
Uning ta'kidlashicha, bunday omillar qatorida asosiy o‘rinlarni diniy va dinlararo ixtiloflarning o‘tkirlashib borishi, kuch ishlatish hollarining ko‘payib borishi egallaydi. Nosirov BMT Xavfsizlik kengashi bunday holatlarda kuchsizlik qilayotganini e'tirof etdi.
“Oxir-oqibat biz BMT o‘rnining va mavqeining tushishini ko‘ramiz”, – ta'kidladi diplomat.

Top