19:45 / 04.06.2015
14504

Qozog‘istonlik voleybolchi Sabina Altinbekova dunyoning eng chiroyli sportchi qizlari reytingida Mariya Sharapovani ortda qoldirdi

Indoneziyaing Surabaya news nashri tomonidan tuzib chiqilgan reytingga ko‘ra, qozog‘istonlik voleybolchi qiz Sabina Altinbekova dunyoning eng chiroyli sportchi qizlari TOP-5 rossiyalik tennischi Mariya Sharapovani ortda qoldirdi.

Nashrning yozishicha, “Altinbekova hozirda Instagram tarmog‘ida 434 mingdan ko‘proq o‘quvchisiga ega va u judayam mashhur va shu bilan birgalikda judayam go‘zal ko‘rinishga ega”. 19 yoshli qozog‘istonlik sportchi o‘tgan yili terma jamoasi bilan Xitoy Taypeyida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida hozirgi mashhurlik darajasiga erishgandi. Mahalliy jurnalistlar uning go‘zalligiga yuqori baho berishgan. Shundan buyon Altinbekova ayniqsa, Janubiy-sharqiy Osiyo hududida katta mashhurlikka erishgan.

Indoneziya nashri tomonidan tuzib chiqilgan reytingga ko‘ra, eng chiroyli sportchi qiz reytingida 2012 yil London olimpiadasida e'tiborga tushgan sport gimnastikachisi Maroni MakKayl egallab turibdi. Keyingi o‘rinda rossiyalik Mariya Sharapova, avtopoygachi Danika Patrik va futbolchi Laura Boulau joy olishgan.

Top