12:17 / 04.06.2015
2642

Rossiya Markaziy banki rahbari eksport iqtisodiyotni o‘nglashga yordam bermasligini aytdi

Rossiya eksportgagina tayanib o‘z iqtisodiyotini qutqara olmaydi – buning oqibatida kirim yiliga 150-170 mlrd dollarga kamayishi mumkin. Bu haqda Rossiya Markaziy banki rahbari Elvira Nabiullina bayonot berdi.
“Tashqi sharoit yomonligicha qolmoqda. Neft narxi o‘sdi, lekin bugungi barqarorlashuv darajasida ham ular oxirgi besh yil ichidagi narxlardan bir yarim barobar kamroq bo‘lib turadi. Rossiya eksportining boshqa an'anaviy mollariga bo‘lgan narxlar ham tushib bormoqda. Shu bois eksport iqtisodiyotimizni qutqarishiga ishonish to‘g‘ri bo‘lmaydi”, – dedi u XXIV Xalqaro bank kongressidagi chiqishida.
Nabiullinaning fikricha, Rossiya xalqaro zaxiralarni o‘stirib, oxirgi 2-3 yil ichida chiqib ketgan kapitalning o‘rnini bosadigan mablag‘ to‘plashi kerak.
Shuningdek, u inflyatsiya darajasining tushib borishini, zaxira mablag‘ning to‘plab borilishi esa suzib yuruvchi kurs siyosatiga to‘sqinlik qilmasligini ma'lum qildi.

Top