Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skype’ni bitta xabar bilan buzish imkonini beradigan bag topildi
Skype kliyentining amaldagi versiyasida jiddiy tizimli qusur borligi aniqlandi. Tarkibida http://: belgilar ketma-ketligi bo‘lgan xabarning yuborilishi dastur ishining favqulodda tugatilishiga olib keladi. Bunda xabarni yuborgan va olgan har ikki foydalanuvchining kompyuteridagi dastur yopiladi. Bundan so‘ng dastur avtorizatsiya chog‘ida o‘chib qolaveradi.
Windows, Android va iOS dasturiy ta'minotlariga bag‘ishlangan Skype versiyalarida ushbu kamchilik aniqlangan. Skype for Mac versiyasi esa bu kamchilikdan holi.
Hozircha muammoning topilgan yagona yechimi bundan oldingi (7.3) versiyaga o‘tkazishdir.