10:46 / 04.06.2015
3247

Urganchda 73 mlrd so‘mlik «Yoshlik» sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Urganch shahrida «Yoshlik» sport majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda «Turkiston-press» xabar bergan.

O‘n gektarni egallagan ushbu sport majmuasini bunyod etishga jami 73 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.

Majmuada sport zali, yopiq suzish havzasi, futbol maydoni, basketbol, voleybol, minifutbol, gimnastika, stol tennisi, boks va og‘ir atletika, badminton maydonchalari, shaxmat va shashka bilan shug‘ullanish uchun alohida zallar mavjud bo‘lib, eng zamonaviy sport inventarlari bilan jihozlangan.

Majmua bir vaqtning o‘zida 200—250 nafar sportchini qabul qiladi. Bu yerda ular uchun zarur sharoitlar muhayyo etilgan. Sport majmuasi xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazish uchun ham barcha talablarga javob beradi.


Top