22:56 / 05.06.2015
4133

Alla Pugachyovaning nabirasi “Muz-TV” mukofoti marosimida dekoratsiya qulashi oqibatida jarohat oldi

Alla Pugachyovaning nabirasi Nikita Presnyakov Ostonada bo‘lib o‘tgan “Muz-TV” mukofotining ochilish marosimida qizil yo‘lkada turgan vaqtida ustiga metall konstruksiya tushib ketishi oqibatida miya chayqalishiga gumon qilinib shifoxonaga yotqazilgan.

Qayd etilishicha, konstruksiya kuchli shamol va jala yog‘ishi oqibatida qulab tushgan. Nikita Presnyakov bu joy yaqinida turgan va zarba uning boshiga to‘g‘ri kelgan.

Voqea joyiga shifokorlar chaqirtirilgan, mukofotning ochilish marosimini boshqa kunga ko‘chirishga to‘g‘ri kelingan.

Avvalroq Nikita Presnyakov “Muz-TV” mukofoti marosimida selfi tarzida suratga tushmoqchi bo‘lganda ustiga dekoratsiya tushib ketgani ma'lum qilingandi.

Top