O‘zbekiston | 12:13 / 05.06.2015
1940
2 daqiqa o‘qiladi

AmeriCares O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytiradi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro nohukumat xayriya jamg‘armasida AmeriCares xalqaro tashkiloti global hamkorlik bo‘limi Yevrosiyo ishlari bo‘yicha menejyeri Dmitriy Popov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
“Mening O‘zbekistonga tashrifimdan ko‘zlangan asosiy maqsad “Sog‘lov avlod uchun” jamg‘armasi bilan qo‘shma dasturlarimiz monitoringi edi”, – dedi u uchrashuv yakunlariga ko‘ra “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusida.
Popovning ta'kidlashicha, ayni kunlarda o‘zaro hamkorlik samarador davom etmoqda. Jumladan, 2014 yili O‘zbekistonga 22 gumanitar yuk yetkazilgan.
Ayni kunlarda boshqa loyihalar ustida ish olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda “Keksalarni e'zozlash yili” o‘tayotgani munosabati bilan tashkilot mingdan ortiq nogironlik aravachalari yubormoqchi.
Bundan tashqari, Toms Shoes kompaniyasi mamlakatga mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun 46.5 ming poyabzal yetkazmoqchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish