12:01 / 05.06.2015
2480

AQSh senatida Ukrainaga 60 mln dollarlik qurol yetkazib berish taklif qilindi

AQSh senatori Rob Portman Kongressning yuqori palatasiga 2016 yilgi harbiy byudjyetga o‘zgartishlar kiritib, Ukrainaga 60 mln dollarlik harbiy qurol-yarog‘ yetkazib taklifini kiritdi. Bu haqda senatorning shaxsiy sayti orqali xabar qilindi.
Ta'kidlanishicha, o‘zgartish doirasida Ukrainaga artilleriyaga qarshi radarlar, mudofaa qurollari, dronlar va himoyalangan aloqa tarmoqlari yetkazib berilishi mumkin.
Bundan tashqari, razvedka ma'lumotlari yetkazib turish, bepul harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish taklif qilinmoqda.

Top