Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Benites «Real» muxlislaridan biroz sabr qilishlarini so‘radi
«Real» klubining yangi bosh murabbiyi Rafael Benites yangi mavsumda muxlislardan jamoani qo‘llab-quvvatlashlarini so‘radi.
«O‘z tajribamdan bilamanki, «Real» muxlislari jamoa chiroyli o‘ynashini va g‘alaba qozonishini istashadi. Bunga erishish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Lekin boshlang‘ich bosqichda murabbiy va futbolchilar o‘yinni tashkil qilish jarayonida bo‘lishadi. Shu boisdan jamoa muxlislaridan biroz sabrli bo‘lishlarini so‘rayman.
Kuchli jamoaga ega ekanimizni muxlislarimiz yaxshi bilishadi. Agar ular biz bilan birga bo‘lishsa, biz yanada kuchli bo‘lamiz. Bizning kuchimiz muxlislarga, «Santyago Bernabeu»ga, futbolchilarga va murabbiyga bog‘liq. Agar birga bo‘lsak, bizni mag‘lub etish qiyin bo‘ladi», – deydi Benites.