Sport | 17:39 / 05.06.2015
1851
1 daqiqa o‘qiladi

Berluskoni "Milan"ni 1 mlrd dollar evaziga sotishga rozi bo‘lmadi

"Milan" jamoasi prezidenti Silvio Berluskoni tailandlik tadbirkor Bi Techaubol tomonidan jamoani sotib olish maqsadida bildirilgan 1 mlrd dollarlik taklifni rad etdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bergan.

Techaubol 4 iyun kuni Arkore shahrida Berluskoni bilan uchrashuv o‘tkazgan va o‘z so‘roviga rad javobini olgan.

Berluskoni jamoani faqat aksiyadorlar guruhiga sotishi mumkinligini qayd etib o‘tgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish