Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 20:25 / 05.06.2015
1466
1 daqiqa o‘qiladi
Emeri «Sevilya» bilan shartnomasini 2017 yilgacha uzaytiradi
«Sevilya» bosh murabbiyi Unai Emeri jamoadagi faoliyatini davom ettiradi.
43 yoshli mutaxassis «Sevilya» bilan 2017 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydi va yiliga 2,5 million yevro maosh oladi. Bungacha uning yillik maoshi 1,9 million yevroni tashkil qilayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, «Vest Xem», «Napoli» va «Manchester Siti» jamoalari Emeri uchun 3,5 million yevro yillik maosh taklif qilishgandi.
Shuningdek, shartnomaga Emeri muddatidan avval — 2015/16 yilgi mavsum so‘ngida jamoadan ketishi mumkinligi haqida band kiritiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish