Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ericsson: 2020 yilga kelib dunyo aholisining 70 foizi smartfonlarga ega bo‘ladi
Ericsson kompaniyasi e'lon qilgan Mobility Report hisobotida jahon aloqa bozoridagi vaziyat tahlili va yaqin besh yillik istiqbollari ko‘rsatib berildi.
Taxmin qilinishicha, 2014 yil yakunlariga ko‘ra internetga mobil aloqa orqali chiqish holatlari 7.1 mlrd hollarda qayd etilgan, 2015 yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra bu son 7.2 mlrd ga oshgan. 2020 yilga kelib bu ko‘rsatkich 9.2 mlrd ga teng bo‘ladi. Shuni e'tiborga olish kerakki, gap SIM-kartalarning umumiy miqdori haqida ketmoqda; bitta shaxs bir nechta SIM-kartaga ega bo‘lishi mumkin, ammo buni aniqlashtirish qo‘shimcha murakkabliklar keltirib chiqaradi.
O‘tgan yil oxirida smartfonlar yordamida 2.6 mlrd foydalanuvchi internetga chiqqan. 2020 yilga kelib ularning soni 6.1 mlrd ga chiqadi. O‘sha yilga kelib smartfonlar dunyo aholisining 70 foizida bo‘ladi.