Sport | 08:25 / 05.06.2015
2004
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA: «Irlandiya 5 mln yevroni stadion qurilishi uchun olgan»

Irlandiya futbol federatsiyasi ijrochi direktori Jon Dileynining bayonoti yuzasidan FIFA bayonot e'lon qildi.

Biroz oldinroq, Dileyni Irlandiya futbol uyushmasi (FAI) FIFAdan 2010 yilgi jahon chempionati uchun saralash bosqichi doirasida Fransiya terma jamoasi bilan o‘yinda hakam tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato (Anrining to‘pni qo‘l bilan o‘ynashini e'tiborsiz qoldirgan va vaziyat gol bilan yakunlangan) uchun 5 mln yevro miqdoridagi tovon puli olinganini ta'kidlagandi.

«FIFA Irlandiya futbol uyushmasiga 5 million yevroni stadion qurilishi uchun taqdim qilgan. Shu bilan birga UYeFA ham Irlandiya futbol uyushmasiga yangi stadion qurilishi uchun mablag‘ ajratgan.

FIFA va FAI o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Irlandiya terma jamoasi JCh-2014ga chiqsa, ularga berilgan mablag‘ qaytarilishi kerak edi. Irlandiya futbol uyushmasining moliyaviy ahvolini inobatga olib, FIFA qarzdan voz kechishga qaror qildi», — deyiladi FIFA bayonotida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish