09:15 / 05.06.2015
2116

FQB AQShdagi 4 mln amaldorning ma'lumotlari tarqab ketgani bo‘yicha tekshiruv o‘tkazadi

AQSh Federal qidiruv byurosi amaldorlarning kiberxavfsizligi bo‘yicha qoida buzilishiga yo‘l qo‘yilgani yuzasidan tergov ishlari olib boradi. Bu haqda Reyter xabar bergan.
 
Qayd etilshicha, 4 mln nafardan ortiq sobiq va hozirda ham faoliyat ko‘rsartayotgan amerikalik amaldorlarga tegishli ma'lumotlar xakerlar tomonidan qo‘lga kiritilgan.
 
Bu xakerlik hujumi Xitoydan turib amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.
 
Assosheyted Press nashri ma'lumotlariga ko‘ra, xakerlar Obama ma'muriyatiga oid ma'lumotlarni ham egallashgan.
 
Ismini oshkor qilmagan kongressmenlardan birining ma'lum qilishicha, bu xakerlik hujumi AQShdagi boshqaruv tizimlari faoliyatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
 
Oq uy bu masala yuzasidan bayonot berishi kutilmoqda.
 
Top