Jamiyat | 22:45 / 05.06.2015
2622
1 daqiqa o‘qiladi

Muz-TV taqdirlash marosimi ilk bor Ostonada bo‘lib o‘tmoqda

Bugun 5 iyun kuni Ostonadagi "Ostona Arena"da Muz-TV musiqiy kanali tomonidan har yili o‘tkazilidan o‘n uchinchi "Muz-TV mukofoti. Gravitatsiya" taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 

Qozog‘istonda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda Rossiya shou biznesi vakillariga turli yo‘nalishlar bo‘yicha mukofotlar topshiriladi. Marosimda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ham ishtirok etmoqda. 

Shuningdek, taqdirlash marosimi davomida Qozog‘istonning "Eng yaxshi qo‘shiqchi"si ham aniqlanadi. 

Marosimning maxsus mehmoni sifatida Arash hamda Xelena tashrif buyurgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish