Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi Italiyadagi jahon chempionatida birinchi o‘rinni egalladi
Italiyaning Venetsiya shahrida o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida taekvondoning ITF Vasko yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionati yakunlandi. O‘ttizga yaqin davlatdan 600 nafardan ziyod sportchi ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik dayan ustalari ham muvaffaqiyatli qatnashishdi.
Yakunda 16ta oltin, 5ta kumush, 6ta bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ilk marotaba birinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonliklardan Zarguna Axrorqulova bir yo‘la 3ta oltin medal bilan taqdirlandi. Zuhra Ergasheva ikki bor shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin Shotlandiya terma jamoasiga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Italiya terma jamoasi yakun yasab berdi. G‘oliblik uchun asosiy da'vogar hisoblangan Rossiya terma jamoasi bu safar to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Endi terma jamoa a'zolari 28-30 avgust kunlari Bolgariyada o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishadi. Shuningdek, taekvondochilarimiz iyul oyida Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkaziladigan xalqaro turnirda ham ishtirok etishadi.