15:07 / 05.06.2015
2062

O‘zbekiston va Belarus avtomobilda yuk tashish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilishdi

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligida xalqaro avtomobil aloqasi bo‘yicha O‘zbekiston-Belarus qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga agentlik vakillari, TIV, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, bojxona qo‘mitasi va O‘zbekiston xalqaro avtomobil yuk tashuvchilari uyushmasi (AIRCUZ) vakillari kirdi. Belarus tomondan transport va kommunikatsiyalar vazirligi, xalqaro avtomobil yuk tashuvchilari uyushmasi (BAMAP) va transport tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga avtomobil va qishloq transporti agentligi boshlig‘i o‘rinbosari Shoalim Shovahobov, Belarus delegatsiyasiga esa transport va kommunikatsiyalar vazirligi avtomobil va shahar yo‘lovchi transporti boshqarmasi boshlig‘i Sergey Dubin boshchilik qildi.

Tadbir davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Shuningdek, xalqaro yuk tashish, har kuni rasmiylashtiriladigan ruxsatnomalar miqdori va ularni olish jarayonlarini osonlashtirish singari masalalar kun tartibida bo‘ldi.
Majlis yakunlariga ko‘ra komissiya tomonidan tegishli bayonnoma imzolandi.

Top