Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 00:09 / 05.06.2015
2128
1 daqiqa o‘qiladi
Skolari Kannavaro o‘rniga "Guanchjou Evergrand" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi
Luis Felipe Skolari “Guanchjou Evergrand” jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
66 yoshli mutaxassis Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kannavaroning o‘rnini egalladi. Skolari jamoa bilan 2 yarim yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, 41 yoshli Kannavaro “Guanchjou Evergrand” klubiga 2014 yilning 1 dekabridan boshlab murabbiylik qilib kelayotgan edi.