Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 21:43 / 05.06.2015
1949
1 daqiqa o‘qiladi
Suriya bo‘yicha maslahatlashuvlarning yangi raundi Ostonada sentabr oyida bo‘lib o‘tadi
Suriya bo‘yicha maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi Ostonada sentabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi Ko‘p partiyaviy jamiyat uchun harakat yetakchisi Randa Kassisga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
“Maslahatlashuvlar sentabr oyi o‘rtasida Ostonada bo‘lib o‘tadi”, deb ta'kidlab o‘tdi Kassis.
Avvalroq Ostona bo‘lib o‘tgan avvalgi muzokaralarda Suriya muxolifati Suriyadagi inqirozni tartibga solish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erisha olgani ma'lum qilingandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish