Jamiyat | 06:45 / 06.06.2015
2523
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda jahldor mushuk 4 soat davomida o‘z xo‘jayinlarini uyga kiritmadi

AQShning Stemford shahridagi xonadonlardan birida yashovchi mushuk uy egalarini uydan chiqarib yubordi va bu holat 4 soat davom etdi. Bu haqda CBS NewYork nashri xabar bergan.

Uy egasi Muhammad Lokman 911 qutqaruv operatoriga murojaat qilib, yordam so‘ragan, operator voqea joyiga politsiya xodimlari jo‘natilishiga va'da berganidan keyingina 3,6 kilogramli jahldor mushuk keltirib chiqargan muammo bartaraf etilgan va uyiga kira olgan.

"Mushugim birdan o‘ta jahldor bo‘lib qoldi. U uy ichida menga tashlanavergach, rafiqam bilan tashqariga qochib chiqishga majbur bo‘ldik va 3-4 soat davomida ichkariga kira olmadik", deb ma'lum qilgan u.

Lokman ayni vaqtda mushugi o‘zini yaxshi tutayotganini bildirgan. Uning qayd etishicha, haligacha 1,5 yildan beri bunday qiliq chiqarmagan mushugida nega bunday o‘zgarish bo‘lib o‘tganini tushuna olmayapti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish