Sport | 06:52 / 06.06.2015
1763
1 daqiqa o‘qiladi

Berluskoni "Milan" jamoasining 48 foiz aksiyasini tailandlik sarmoyadorga sotdi

"Milan" klubi aksiyalarining 48 foizi tailandlik tadbirkor Bi Techaubolga sotildi. Bu haqida klub saytida rasman xabar tarqatilgan.

Tailandlik tadbirkor va Silvio Berluskoni o‘rtasida kelishuv imzolangan va unga ko‘ra 52 foiz aksiyaga hamon egalik qilayotgan Berluskoni klub prezidenti lavozimini saqlab qolgan.

Xabar qilinishicha, Techaubol bilan jamoaning moliyaviy holatini yaxshilash va Osiyo bozorida oldinga yurish borasida shartnoma imzolangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish