Sport | 07:34 / 06.06.2015
1795
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyalik biatlonchi Simon Furkad mashg‘ulot vaqtida mashina bilan to‘qnashib ketdi

Fransiyalik biatlonchi Simon Furkad yo‘lda roller orqali mashg‘ulot o‘tkazayotgan vaqtida uni mashina urib ketdi. Natijada sportchi ko‘plab kichik jarohatlar olgan.

"Rollerda harakatlanayotgan vaqtimda meni mashina urib yubordi va chuqurga tushib ketdim. Haydovchi esa hech narsa bo‘lmagandek yo‘lida davom etdi.
Men uning ortidan quvib, bunga izoh so‘ramoqchi edim, lekin u menga bolta bilan hujum qilib, tahdid soldi. Mashg‘ulot o‘tkazayotganingizda ehtiyotkor bo‘ling", deb yozadi u feysbukdagi sahifasida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish