Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada rok-festival paytida 12 kishini chaqmoq urdi
Germaniyada Rock am Ring rok-festivali doirasida uyushtirilgan kechki konsert paytida 12 kishini chaqmoq urdi, deb xabar bermoqda Bild nashri. Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, taxminan yarim kechasi jala yog‘ib, tezda haqiqiy bo‘ronga aylangan. Shamol metall konstruksiyalarni qulatib, chodirlar va pavilonlarni uchirib yuborgan. Bir soniya interval bilan ketma-ket chaqmoq urishlar boshlangan.
“Bu mening hayotimdagi eng mudhish tunlardan biri bo‘ldi. Shundoqqina tepamizda chaqmoq urardi, ulardan biri mendan bir metr nariga kelib urildi. Odamlar dahshatdan baqirishardi, politsiya hech kimni sarosima qilmaslikka chaqirardi. Juda qo‘rqinli bo‘ldi”, deb izoh berib o‘tdi festivalga tashrif buyurganlardan biri.
Bo‘ron oqibatida 27 kishi jarohat olgan, ulardan 6 kishining ahvoli og‘in baholanmoqda. Ayni paytda chaqmoq urishidan jarohat olgan 12 kishi shifoxonada qolmoqda.
Rock am Ring dunyodagi eng yirik rok-festivallardan biri bo‘lib, har yili Germaniyada iyunning birinchi dam olish kunlari tashkil etilib, 4 kun davom etadi. Festival 1985 yildan beri o‘tkazilib kelinadi.