Jahon | 10:04 / 06.06.2015
7112
1 daqiqa o‘qiladi

"IShID" Liviyadagi Xarava shahrini bosib oldi

"IShID" jangarilari Liviya hududidagi Sirt shahridan sharqdagi Xarava shahrini bosib oldi. Bu haqida Reyter agentligi xabar bermoqda.

Xabarlarga ko‘ra, terrorchilar bu haqdagi ma'lumotni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan. Harbiy manbalarning ta'kilashicha hozirda terrorchilar shahardagi hukumat binosini o‘z nazoratiga olgan.

May oyining oxirida "IShID" Liviyaning Sirt shahridagi aeroportni o‘z nazoratiga olgan edi.

Umummilliy kongres tomonidan saylangan bosh vazir Omar al-Xasi Tripoli shahri atrofidagina nazorat o‘rnatgan bo‘lib, Liviyaning bir qator tumanlari umuman nazoratsiz qolgan va ushbu hududlarni "IShID" jangarilari sekin asta egallamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish