Jahon | 15:34 / 06.06.2015
3411
1 daqiqa o‘qiladi

Moldaviyada "Rossiya 24" telekanali rasman taqiqlandi

6 iyun kuni Moldaviyada "Rossiya 24" telekanali rasman man qilindi. Bu haqda "Ukrinform" xabar bergan.

"Televideniye va radio bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash barcha operatorlardan ushbu qarorga rioya qilishni talab qiladi. Radioeshittirish sohasidagi milliy qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun kabel va sun'iy yo‘ldosh televideniye sohasida litsenziyadan mahrum etish chorasi qo‘llanishi mumkin", deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, bu taqiq agar telekanal Yevropa konvensiyalari qoidalarini hurmat qilgan holda ishlay boshlasa olib tashlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish