08:29 / 06.06.2015
2194

Pokiston sudi Malala Yusufzayga hujum qilganlikda ayblangan 8 kishini ozod qildi

Pokiston sudi pokistonlik huquq himoyachisi Malala Yusufzayga hujum qilishda ayblangan 10 kishidan 8 nafarini ozod qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Politsiya katta zobiti Salim Xonning aytishicha, ayblanuvchilar ularning hujum uyushtirishga aloqadarliklarini isbotlovchi dalillar yetarlicha bo‘lmagani sababli ozod etilgan. Biroq sudda bu shaxslar bosqinchilikni rejalashtirishda yordam berganlarini tan olishgan.

Aprel oyida Pokiston sudi 2012 yilda Yusufzayga suiqasd qilishga aloqadar 10 nafar sudlanuvchini umrbod ozodlikdan mahrum qilgani ma'lum qilingandi.

Yusufzayga suiqasd 2012 yilning oktabrida sodir etilgan. Terrorchilar Yusufzay ketayotgan maktab avtobusini o‘qqa tutishgan. Oqibatda Yusufzay boshidan va bo‘ynidan yaralangan. Hujum uchun javobgarlikni “Taxriki-toliban Pokiston» guruhi o‘z zimmasiga olgan edi. Pokistonda Yusufzayga hujum G‘arb hamjamiyati oldida uni qahramon ayol sifatida gavdalantirish uchun ataylab uyushtirilgani haqida gaplar ham tarqalgan edi.

Top