Jahon | 21:52 / 06.06.2015
2102
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko tez orada Kanada bilan erkin savdo haqida kelishuv imzolanishini ma'lum qildi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yaqin orada bo‘lib ikki davlat o‘rtasida bo‘ladigan yig‘ilishda Kanada bilan erkin savdo hududi haqida kelishuv imzolanishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS” axborot agentligi.

Bu haqda Poroshenko Kanada bosh vaziri Stiven Xarper bilan birgalikda bergan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

“Men aminmanki, bizga kutishdan naf yo‘q, biz erkin savdo haqida kelishuvni imzolashimiz kerak, yaqin oradagi yig‘ilishda biz buni amalga oshiramiz, deb ishonaman”, deb ta'kidlab o‘tdi Poroshenko.

Poroshenko Xarperga taqdim qilingan 321 mln dollarlik kredit va noqirg‘in qurol-aslaha uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish