Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Robot-samuray jang san'ati ustasining rekordini yangiladi
Yaponiyaning Yaskawa Electric Corporation kompaniyasi o‘zining yuz yillik yubileyini katana (samuraylar qilichi) bilan urishishga o‘rgatilgan sanoat robotining imkoniyatlari namoyish qilingan videoni internetga joylashtirish bilan nishonladi, deb xabar bermoqda The Independent gazetasi.
Robot somon bilan o‘ralgan bambuk poyasini jang san'ati ustasi Isao Mati bunday vazifani tez bajarish bo‘yicha o‘rnatgan rekordidan tezroq chopib tashlashga, ya'ni u buni amalga oshirish uchun Mati o‘rnatgan mingta zarbadan ko‘proq zarba berishga muvaffaq bo‘ldi.
Robot usullarni to‘g‘ri bajara olishi uchun muhandislar Matining harakatlarini motion capture – harakatlarni ushlash texnologiyasi yordamida ko‘chirib olib, uni robotning xotirasiga kiritishgan.
Isao Mati iaydo – qilichni qinidan iloji boricha tez chiqarib zarba berish texnikasini takomillashtirishga asoslangan yapon jang san'ati ustasi sifatida tanilgan. Mati erishgan yutuqlar bir necha bor Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan. Ular orasida somon matga bir daqiqa ichida urilgan zarbalar va biror tez uchib kelayotgan obekt (tennis koptogi) chopib tashlanishidan oldin u erishgan tezlik bo‘yicha jahon rekordlarini o‘rnatgan. Mati ko‘plab reklama kampaniyalarida ishtirok etish uchun taklif qilinadi, misol uchun, u Yaponiyaning Softbank mediakorporatsiyasi reklama roligida 128,7 km tezlik bilan uchib kelayotgan krevetkani qilichi bilan ikki bo‘lib tashlaydi.