09:00 / 06.06.2015
4907

Rossiyaning Hukumat uyi yonida abortga qarshi 50 metrlik banner osib qo‘yildi

Rossiyaning Hukumat uyi yonida “Agar Rossiya abortni yo‘q qilmasa, Tangri Rossiyani yo‘q qiladi” yozuvli abortga qarshi 50 metrlik banner osib qo‘yildi, deb aytilmoqda “Tangri irodasi” harakati bergan xabarda. Aynan shu harakat bannerning osib qo‘yilishiga javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

“Bu qalb nidosi bo‘ldi, amaldorlar aqldan ozib qolishgan ko‘rinadi, ular millionlab begunoh bolalarning qotilligini oqlashmoqda. Bizning xalq falokat yoqasida turibdi, biz o‘z kelajagimizni bolalar jasadlaridan iborat poydevordan qurmoqdamiz”, deb aytmoqda harakat yetakchisi Dmitriy Tsorionov.

Tsorionov shuningdek, Rossiya Federatsiyasi federal yig‘ilishining federal kengashi raisi Valentina Matviyenkoning patriarx Kirillning abortga qarshi bildirgan tashabbusini “ekstremizm” deb ataganini surbetlik deb aytdi.

Top