15:30 / 06.06.2015
4890

Shahzoda hamda Ulug‘bek Rahmatullayev “Rashk” qo‘shig‘iga klip suratga oldi

O‘zbek estradasi yulduzi Shahzoda o‘z konsert dasturida yana bir mashhur xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev birga kuylangan “Rashk” deb nomlangan duetni taqdim etgan edi. Xonandalar ko‘pchilikka ma'qul kelgan qo‘shiq uchun klip suratga olib ulgurishdi.

Nodir Azimov so‘zi, Iqbol Muhammadjonov musiqasi hamda Jasur Badalboyev aranjirovkasi bilan yaratilgan qo‘shiq uchun klipni Yodgor Nosirov suratga oldi.

Ma'lumot uchun, bu qo‘shiq ikki xonandaning ilk hamkorlik ishi hisoblanib, u may oyining boshida taqdim etilgan edi. 

Top