O‘zbekiston | 11:32 / 06.06.2015
8194
2 daqiqa o‘qiladi

"Toshkent" aeroporti "Inchxon" aeropoerti ko‘rinishida zamonaviylashtiriladi

"Toshkent" xalqaro aeroporti dunyoning eng zamonaviy aeroportlaridan biri bo‘lmish "Inchxon" (Janubiy Koreya) aeroporti texnologiyalari va tajribalari asosida modernizatsiya qilinadi. Bu haqda KOICA agentligining O‘zbekistondagi faoliyatiga 20 yil to‘lishi munosabati bilan tashkil qilingan simpoziumda aytib o‘tildi.

"Yaqin vaqtlarda Toshkentga Janubiy Koreyadan texnik guruh kelishi kutilmoqda. Bu xodimlar aeroportni o‘rganib, holatni baholashadi va o‘z takliflarini taqdim qilishadi", deydi Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vitse-prezidenti Chve Song Xo.

"Bu loyihaning moliyaviy jihatlari haqida hozircha aniq mablag‘ni aytish qiyin. Ishlar 2016 yil oxirigacha tugatilishi mumkinligini aytish mumkin. Aniq ma'lumotlar texnik guruhning xulosalaridan keyin aytiladi", deya qo‘shimcha qiladi u.

O‘zbekiston tomoni esa bu loyiha qiymatini 312 mln dollar atrofida bo‘lishini aytmoqda. Modernizatsiyadan keyin terminal soatiga 1,5 ming kishiga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

 
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish