Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:12 / 07.06.2015
3984
1 daqiqa o‘qiladi
Devid Kemeron “Katta yettilik” davlatlari Rossiyaga qarshi yakdilligini namoyish qilishlari kerakligini aytdi
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron “Katta yettilik” (G7) sammiti ishtirokchilarida Ukraina mojarosi borasida yakdillikni ko‘rishni istashini ma'lum qildi, deb axborot bermoqda Reuters axborot agentligi.
“Biz Yevropa yaxlit bo‘lib qolishiga ishonch hosil qilishimiz kerak”, deb aytdi Kemeron G7 sammiti oldidan.
Avvalroq Germaniyada bo‘lib o‘tadigan G7 sammiti arafasida AQSh prezidenti Barak Obama sammitda Ukraina mojarosi muhokama qilinishini aytgan edi.